O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Avtomatik tanlanganda qog‘oz qo‘yilganda tanlangan Qog‘oz sozlamalariga qarab, qog‘oz avtomatik ravishda uzatiladi.
Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.
Haqiqiy o‘lchami
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
A4→A5 va boshqalar
Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Avto-moslash
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.
Qalin qog‘ozni nusxalashda nusxalar atrofidagi soyani yoki broshyurani nusxalashda o‘rtasidagi soyani olib tashlaydi.
ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va qog‘ozning bir tomoniga nusxa ko‘chiradi.