Bosma sifatini rostlash

Vertikal chiziqlar notekis bo‘lsa, rasmlar xira bo‘lsa, gorizontal yo‘l-yo‘l tushsa, bosma sifatini rostlang. Agar qog‘ozga ko‘ra chop qilish sifatini sozlamoqchi bo‘lsangiz, avval bu sozlashni bajaring. Agar qog‘ozga ko‘ra sozlashni bajargandan keyin bu sozlashni bajarsangiz, qog‘ozga ko‘ra o‘rnatish qiymati qayta o‘rnatiladi.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.

  2. Bosma sifatini o‘zgartirish-ni tanlang.

  3. Bosma sifatini yaxshilash maqsadida printerni tekshirish uchun ekrandagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.

    Chop etish kallagini tozalash tavsiya etilishi haqida xabar ko‘rsatilsa, chop etish kallagini tozalang.

  4. Qo‘oz solish va chop qilish kallagini tekislash namunalarini chop qilish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling

  5. Chop qilingan namunamalarni tekshiring va chop qilish kallagini tekislang.

    • Agar bosma xira ko‘rinsa, bu andoza tekislash imkonini beradi.
      Eng zich namuna raqamini toping va uni tanlang.
    • Agar vertikal chiziqlar notekis bo‘lsa, bu andoza tekislash imkonini beradi.
      Eng notekis vertikal qatorli andoza uchun raqamni toping va kiriting.
    • Agar muayyan oraliqda gorizontal yo‘l-yo‘l tushsa, bu andoza tekislash imkonini beradi.
      Eng kam ajratilgan va oshib ketgan namunani toping va uning raqamini kiriting.