Printer drayveri toq va judt raqamlarni avtomatik ravishda alohida chop qiladi. Toq sahifalar chop qilib bo‘linganida qog‘ozni ko‘rsatmalarga ko‘ra ag‘daring va juft sahifalarni chop qiling.

Bu xususiyatdan hoshiyasiz chop qilish uchun foydalanib bo‘lmaydi.
Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo‘lmagan qog‘ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.
Qog‘oz va ma’lumotlarga bog‘liq ravishda siyoh qog‘ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.
Agar EPSON Status Monitor 3 yoqilgan bo‘lmasa qo‘lda 2 tomonlama chop qilishni bajara olmaysiz. Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveri oynasiga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni cherting va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.
Printer drayveridagi Asosiy panelida, 2 tomonlama chop qilish usulini tanlang.
Sozlamalar-ni cherting, mos parametrlarni belgilang va keyin OK-ni cherting.
Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.
Birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna namoyish qilinadi. Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.