> Muammolarni hal qilish > Siyoh to‘ldirish vaqtidir > Siyoh baklarini siyoh bilan qayta to‘ldirish

Siyoh baklarini siyoh bilan qayta to‘ldirish

  1. Siyoh idishi qopqog‘ini oching.

  2. Siyoh idishi qalpoqchasini oching.

    Muhim:

    Siyoh baki rangining to'ldirmoqchi bo'lgan siyoh rangi bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling.

  3. Siyoh butilkasini tik tutgan holda, u qopqoqchani chiqarish uchun sekin burang.

    Muhim:
    • Epson haqiqiy Epson siyoh butilkalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

    • Siyohni sachratib yubormaslik uchun ehtiyot bo'ling.

  4. Siyoh idishidagi yuqori chiziqni (a) tekshiring.

  5. Siyoh butilkasining yuroqi qismini to‘ldirish porti bilan tenglashtiring va keyin yuqori chiziqqa yetganida u avtomatik tarzda to‘xtagunicha siyoh to‘ldirish uchun uni portga to‘g‘ri kiriting.

    Toʻgʻri rang uchun siyoh butilgasini toʻldirish portiga kiritganingizda, siyoh quyila boshlaydi va siyoh yuqori chiziqqa yetganda avtomatik tarzda oqishdan toʻxtaydi.

    Agar siyoh siyohdonning ichiga tushishni boshlamasa, siyoh butilkasini joyidan oling va uni qayta qo‘ying. Biroq siyoh yuqori chiziqqa yetganida siyoh butilkasini chiqarib olmang va qayta joylashtirmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

  6. Siyoh to‘ldirish jarayonini yakunlaganingizdan so‘ng siyoh butilkasini oling va siyoh idishi qalpoqchasini yaxshilab yoping.

    Muhim:

    Siyoh butilkasini qo‘yilgan holda qoldirmang, aks holda butilkaga shikast yetishi yoki siyoh to‘kilishi mumkin.

    Eslatma:

    Agar siyoh butilkasida ma’lum miqdorda siyoh qoladigan bo‘lsa, uning qopqog‘ini mahkam qilib yoping va keyin foydalanish uchun butilkani tik holda saqlang.

  7. Siyoh idishi qopqog‘ini mahkam yoping.