Agar Epson mahsulotingiz to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa va mahsulot qo‘llanmasida berilgan nosozliklarni bartaraf qilish ma’lumotlaridan foydalanib muammoni hal qila olmasangiz, yordam olish uchun Epson-ning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Quyidagi Epson qo‘llab-quvvatlash ro‘yxati sotish mamlakatiga asoslangan. Ayrim mahsulotlar siz hozirda joylashgan joyda sotilmasligi mumkin, shuning uchun o‘zingiz mahsulotingizni sotib olgan hududdagi Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Agar quyida hududingiz uchun Epson-ning qollab-quvvatlash xizmati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mahsulotni sotib olgan dileringizga murojaat qiling.
Agar siz ularga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etsangiz, Epson-ning qo‘llab-quvvatlash xizmati sizga tezroq yordam berishi mumkin:
Mahsulotning seriya raqami
(Seriya raqami belgisi odatda mashulotning orqa tarafida bo‘ladi.)
Mahsulot modeli
Mashulot dasturiy ta’minoti versiyasi
(Mahsulot dasturiy ta’minotidagi About, Version Info-ga yoki shunga o‘xshash tugmani cherting.)
Kompyuteringiz markasi va modeli
Kompyuteringizdagi operatsion tizim nomi va versiyasi
Mahsulotingiz bilan odatda foydalanadigan dasturiy ta’minotlarning nomlari va versiyalari