> Boshqaruv paneli bo‘yicha yo‘riqnoma > Tugmalar va funksiyalar

Tugmalar va funksiyalar

Printerni yoqadi yoki o‘chiradi.

Quvvat chirog‘i o‘chganini tekshirgandan keyin ta’minot shnurini rozetkadan uzing.

Tarmoq xatoligi yuz berganda bu tugmani bosish xatolikni bekor qiladi. WPS bosish tugmasidan foydalangan holda Wi-Fi ni avtomatik o‘rnatishni bajarish uchun shu tugmani 5 soniyadan ortiqroq vaqt bosib turing.

Printerdan tarmoqda foydalanish vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday muammoning sababini aniqlashga imkon bergan holda tarmoq ulanishi hisobotini chop qiladi. Agar sizga yanada batafsilroq tarmoq parametrlari va ulanish holati kerak boʻlsa, tarmoq holati varagʻini chop etish uchun bu tugmani kamida 7 soniya bosib turing.

A4 o'lchamdagi oddiy qog'ozga monoxrom nusxa ko'chirishni boshlaydi. Nusxalar sonini (20 tagacha) orttirish uchun bu tugmani bir soniya oralatib bosing.

A4 o'lchamdagi oddiy qog'ozga rangli nusxa ko'chirishni boshlaydi. Nusxalar sonini (20 tagacha) orttirish uchun bu tugmani bir soniya oralatib bosing.

Joriy operatsiyani to‘xtatadi.

Chop qilish golovkasini tozalashni ishga tushirish uchun tugmasi miltillay boshlagunicha shu tugmani besh soniyacha bosib turing.

Tugma kombinatsiyalari funksiyalari

Tugmalarning boshqa kombinatsiyalari bilan qo'shimcha funksiyalardan foydalanish mumkin.

+

Skanerlangan tasvirlarni tekshirish

USB orqali ulangan kompyuterdagi dasturni ishga tushirish va skanerlangan tasvirlarni tekshirish uchun va tugmalarini bir vaqtda bosing.

+ yoki

Qoralama rejimida nusxalash

Qoralama rejimida nusxa olish uchun va yoki tugmalarini bir vaqtda bosing.

Gʻarbiy yevropalik foydalanuvchilar uchun qoralama rejimi mavjud emas.

+

PIN kodni o‘rnatish (WPS)

PIN kod o’rnatishni (WPS) boshlash uchun va tugmalarini bir vaqtda bosib, ushlab turing.

+

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ni o‘rnatish

Wi-Fi Direct (Oddiy AP) sozlamalarini boshlash uchun va tugmalarini bir vaqtning o‘zida bosib, ushlab turing.

+

Sukut bo‘yicha tarmoq sozlamalarini qayta tiklash

Dastlabki tarmoq parametrlarini qayta tiklash uchun tugmasini bosib turgan holda printerni yoqing. Tarmoq parametrlari qayta tiklangach, printer yonadi va tarmoq holati chiroqlari ketma-ket lipillaydi.

+

Chop qilish soplosini tekshirish namunasi

Soploni tekshirish namunasini chop qilish uchun tugmasini bosib turgan holda printerni yoqing.