Texnik xizmat qutisini almashtirish

Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh texnik xizmat ko'rsatish qutisiga to'planishi mumkin. Texnik xizmat ko'rsatish qutisidan siyoh oqishining oldini olish uchun printer texnik xizmat ko'rsatish qutisining so'rish qobiliyati o'z limitiga yetganda chop qilishni to'xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog'liq ravishda o'zgaradi. Shunday qilish tavsiya qilinganda texnik xizmat ko'rsatish qutisini almashtiring. Bu qismni almashtirish zarur bo'lganda Epson holat monitori, LCD yoki boshqaruv panelidagi chiroqlar bu to'g'risida ogohlantiradi. Qutini almashtirish kerakligi printerning o'zining texnik xususiyatlariga ko'ra ishlashdan to'xtaganligini anglatmaydi. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism.

Eslatma:

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi to‘liq bo‘lganida siyoh oqib ketishining oldini olish uchun u almashtirilmagunicha chop qila olmaysiz va chop qilish kallagini tozalay olmaysiz. Biroq siyohdan foydalanmaydigan skanerlash kabi amallarni bajarishingiz mumkin.

  1. Yangi texnik xizmat ko‘rsatish qutisini o‘ramidan oling.

    Muhim:

    Texnik xizmat ko'rsatish qutisining yon tomonidagi yashil chipga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

    Eslatma:

    Yangisining o‘ramida eski quti uchun shaffof o‘ram berilgan bo‘ladi.

  2. Murvatni minusli buragich bilan bo‘shating va qopqoqni oling.

  3. Ishlatilgan texnik xizmat ko‘rsatish qutisini chiqaring.

    Muhim:

    Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlashga halaqit berishi va sizga siyoh sachrashi mumkin.

  4. Ishlatilgan texnik xizmat qutisini yangi quti bilan kelgan shaffof o‘ramga solib, o‘rab yoping.

  5. Yangi texnik xizmat qutisini printerga oxirigacha kirgizing. Qutini to‘g‘ri yo‘nalishda soolganligingizga ishonch hosil qiling.

  6. Qopqoqni o‘rniga qo‘ying.