Mavjud elementlar siz tanlagan menyuga bog‘liq ravishda farq qiladi.
2 tomonli sxemani tanlang.
1> 1 tom.
Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.
1>2 tomonlama
Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.
Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.
Asl nusxalarni kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.
Asl o'chami
100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.
Avto sig'dir
Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Noodatiy
Asl nusxani kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatgani tanlang.
Asl nusxani 25% dan 400% gacha bo‘lgan diapzonda kichiklashtirish yoki kattalashtirishda foydalaniladigan o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatadi.
Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.