SSID va parolni kiritish orqali Wi-Fi sozlamalarni o‘rnatish

Printerning boshqaruv panelidan simsiz routerga ulanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni kiritish orqali Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatishingiz mumkin. Bu usuldan foydalanib o‘rnatish uchun simsiz routerga SSID va parolni kiritishingiz kerak bo‘ladi.

Eslatma:

Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo’yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo’lsangiz, SSID va parol yorliqda bo’ladi. Agar siz SSID va parolni bilmasangiz, simsiz routerni o‘rnatgan shaxsga murojaat qiling yoki simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  1. Bosh ekranda Wi-Fi sozlash-ni tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Wi-Fi (tavsiya etiladi)-ni tanlang.

  3. Davom ettirish uchun OK tugmasini bosing.

  4. Wi-Fi ni o‘rnatish ustasi-ni tanlang.

  5. Printerning boshqaruv panelida simsiz router uchun SSID ni tanlang va keyin OK nuqtasini bosing.

    Eslatma:
    • Agar siz ulanmoqchi bo‘lgan SSID printerning boshqaruv panelida ko‘rsatilmasa, ro‘yxatni yangilash uchun tugmasini bosing. U baribir namoyish qilinmasa, Boshqa SSIDlar ni tanlanag va SSID ni to'g'ridan-to'g'ri kiriting.

    • Agar siz SSID’ni bilmasangiz, uning simsiz routerining yorlig‘ida yozilganligi yoki yo‘qligini tekshiring. Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo‘yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo‘lsangiz, yorliqda yozilgan SSID’dan foydalaning.

  6. Parolni kiriting.

    Parametrlarni sozlashlarni bajarib bo'lgandan keyin tarmoq ulanishi hisobotini chop qilish yoki qilmaslikni tanlang.

    Eslatma:
    • Parolda katta-kichik harflar farq qiladi.

    • Agar siz tarmoq nomini (SSID’ni) bilmasangiz, ma’lumotlarning simsiz routerining yorlig‘ida yozilganligi yoki yo’qligini tekshiring. Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo’yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo’lsangiz, yorliqdagi SSID’dan foydalaning. Agar hech qanday ma’lumotni topa olmasangiz, simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  7. Sozlamalarni kiritishni yakunlaganingizdan keyin OK tugmasini bosing.

    Eslatma:

    Agar ulana olmasangiz, tarmoq ulanishi hisobotini chop qilish uchun qog'ozni soling va keyin tugmasini bosing.