Qog‘oz uzatilmayapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

O‘rnatish joyi mos emas.

Yechimlar

Printerni tekis sirtga joylashtiring va undan tavsiya qilingan atrof-muhit sharoitlarida foydalaning.

Uzatkich qopqogʻini himoyalovchi moslama ustiga narsalar qoʻyilgan.

Yechimlar

Uzatkichni himoyalovchi moslama ustiga narsalar qo‘ymang.

Qo‘llab-quvvatlanmaydigan qog‘ozdan foydalanilayapti.

Yechimlar

Ushbu printer tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qog‘ozdan foydalaning.

Qog‘oz bilan noto‘g‘ri muomala qilinayapti.

Yechimlar

Qog‘oz bilan muomala qilish ehtiyot choralariga amal qiling.

Printerga juda ko‘p qog‘oz solingan.

Yechimlar

Qog‘oz uchun ko‘rsatilgan maksimal varaqlar sonidan ortiq qog‘oz solmang. Oddiy qog‘ozni qirra yo‘naltirgidagi uchburchak belgisidan o‘tadigan tarzda solmang.

Printerdagi qog‘oz parametrlari noto‘g‘ri.

Yechimlar

Qog‘oz o‘lchami va qog‘oz turi sozlamalari printerga solingan qog‘oz o‘lchami va turiga mos kelsin.