Chop qilingan qog‘ozlar chaplangan yoki tirnalgan joylarga ega bo‘lganda printer ichidagi rolikni tozalang.
Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.
Elementni tanlash uchun
tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.
Rostlagichni tozalash-ni tanlang.
Qog‘oz yuklash va qog‘oz yo‘lini tozalash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Bu jarayonni qog‘oz siyoh bilan kirlanmaydigan bo‘lgunicha davom ettiring.
Qog‘oz yo‘li tozalangandan so‘ng ham muammo bartaraf etilmasa, printer ichidagi rasmda ko‘rsatilgan qism chaplangan bo‘ladi. Printerni o‘chiring va paxta lo‘pchikdan foydalangan holda siyohni artib tashlang.

Printer ichini tozalash uchun salfetka qog‘ozdan foydalanmang. Chop qilish golovkasi soplolariga titilgan iplar tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
Printer ichidagi oq yassi kabel, yarim shaffof plyonka va siyoh naychalariga tegmang. Bunday qilish printerning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
