Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini uzish

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini faolsizlantirishning ikki usuli mavjud; printer boshqaruv panelidan foydalanib barcha ulanishlarni faolsizlantirishingiz yoki kompyuter yoki smart qurilmadan har bir ulanishni faolsizlantirishingiz mumkin. Bu bo‘limda barcha ulanishlarni qanday faolsizlantirish tushintiriladi.

Muhim:

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi o‘chirib qo‘yilganda Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi orqali printerga ulangan barcha kompyuterlar va smart qurilmalar uziladi.

Eslatma:

Agar siz aniq bir qurilmani uzmoqchi bo‘lsangiz, printerning o‘rniga qurilmaning o‘zidan uzing. Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini qurilmadan uzib qo‘yish uchun quyidagi usullardan biridan foydalaning.

  • Printer tarmoq nomiga (SSID) bo‘lgan Wi-Fi ulanishni uzing.

  • Boshqa tarmoq nomiga (SSID) ulang.

  1. Bosh ekranda Wi-Fi sozlash-ni tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Wi-Fi Direct-ni tanlang.

  3. Davom ettirish uchun OK tugmasini bosing.

  4. Davom ettirish uchun OK tugmasini bosing.

  5. O‘rnatish ekranini namoyish qilish uchun tugmasini bosing.

  6. Wi-Fi Direct’ni faolsizlantirish-ni tanlang.

  7. Xabarni tekshiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.