Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin:
Sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari
Qabul sozlamalari menyusi
Kompyuterga saqlash
Olingan fakslarni printerga ulangan kompyuterga PDF fayllari sifatida saqlaydi. Siz buni FAX Utility (ilova) dan foydalanib faqat Ha ga o‘rnatishingiz mumkin. Buni printer boshqaruv panelidan yoqa olmaysiz. Kompyuterda FAX Utilityni oldindan o‘rnating. Buni Ha ga o‘rnatgandan keyin siz printer boshqaruv panelidan buni Ha, chop etilsin ga o‘zgartirishingiz mumkin.
Avto kamaytirish
Katta o‘lchamli hujjatlar bilan olingan fakslarni qog‘oz manbasidagi qog‘ozga mos bo‘lishi uchun kamaytirilgan holda chop qiladi. Olingan ma’lumotlarga bog‘liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo‘lmasligi mumkin. Agar bu o‘chirib qo‘yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o‘lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo‘sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin.
Sahifalash soz-ri
Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan kattaroq bo‘lgan hollarda olingan fakslarni sahifalarga bo‘lgan holda chop qiladi.
Avtomatik aylantirish
Ular A5 o‘lchamidagi qog‘ozga chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj oriyentatsiyasidagi A5 o‘lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama fakslarni chop qilishda foydalaniladigan kamida bitta qog‘oz manbasi uchun sog‘oz o‘lchami A5 ga o‘rnatilganida qo‘llaniladi.
O'chiq-ni tanlash orqali portret orientatsiyasidagi A4 oʻlchamli hujjatlar bilan eni bir xil boʻlgan peyzaj orientatsiyasidagi A5 oʻlchamda qabul qilingan fakslar A4 oʻlchamli fakslar deb taxmin qilinadi va shunday chop etiladi.
Yuboruvchi sarlavha axborotini kiritmasa ham, olingan faksda qabul qilish axborotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifalash soz-ri yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi.
Bosma bosh. vaqti
Olinadigan fakslarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.
Sahifalar olinganda: Barcha sahifalar qabul qilingandan keyin chop qilish boshlanadi. Chop qilishni birinchi sahifadan yoki oxirgi sahifadan boshlash To'g'ri taxlash xususiyatining o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. To'g'ri taxlash uchun tushintirishga qarang.
Birinchi sahifa olinganda: Birinchi sahifa olinganidayoq chop etishni boshlaydi, keyin sahifalarni olinishi tartibida chop etadi. Boshqa vazifa bajarilayotgani tufayli printer chop etishni boshlay olmasa, bo‘shaganidan so‘ng sahifalar yoppasiga chop etila boshlaydi.
To'g'ri taxlash
Birinchi sahifa oxirida chop qilinganligi uchun (chiqarish tepasiga) chop qilingan hujjatlar to‘g‘ri sahifa tartibida taxlanadi. Printer xotirasida joy kam bo‘lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.
Bosma tug-sh vaqti
Siz o‘zingiz ko‘rsatgan To‘xtash vaqti dan o‘zingiz ko‘rsatgan Qayta bo-sh gacha bo‘lgan vaqt davomida printer olingan hujjatlarni chop qilmasdan, printer xotirasiga saqlaydi. Bu funksiyadan tunda shovqinning oldini olish yoki siz uzoqda bo‘lgan vaqtda sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishining oldini olish uchun foydalaniladi. Bu xususiyatni ishlatishdan oldin xotirada joy yetarli ekaniga ishonch hosil qiling. Siz buni O'chiq ga o‘rnatganingizda olingan hujjatlarni hattoki qayta boshlash vaqtidan oldin ham chop qilishingiz mumkin.
Sokin rejim
Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.