Bosh ekranni sozlash

Tarmoq ulanishi holatini ko‘rsatadi. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Tarmoq belgisi bo‘yicha yo‘riqnoma

va namoyish qilinganda yoki tugmasini bosish orqali o‘ngga yoki chapga aylantirishingiz mumkin.

Har bir menyuni namoyish qiladi.

  • Skanlash

    Hujjatlar va fotosuratlarni skanerlash va ularni kompyuterga saqlashga imkon beradi.

  • Nusxalash

    Hujjatlar nusxasini olishga imkon beradi.

  • Faks

    Fakslar yuborishga imkon beradi.

  • Sokin rejim

    Printer chiqaradigan shovqin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi Sokin rejim parametrini namoyish qiladi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin. Siz tanlagan qog‘oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog‘liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo‘lmasligi mumkin. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Printerni sozlash > Sokin rejim

  • Sozlamalar

    Texnik xizmat ko‘rsatish, printerni o‘rnatish va ishlarni bajarish bilan bog‘liq sozlamalarni amalga oshirishga imkon beradi.

  • Qarov

    Chop qilingan materiallar sifatini yaxshilash, jumladan uchlikni tekshirish namunasini chop qilish va kallakni tozalashni bajarish orqali tiqilib qolgan uchliklarni tozalash va chop qilish kallagini tenglashtirish orqali chop qilingan materiallarning chaplanishi yoki polosalarni yo‘qotish uchun tavsiya qilingan menyularni ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Qarov

  • Wi-Fi sozlash

    Printerdan simsiz tarmoqda foydalanish uchun o‘rnatishga imkon beruvchi menyularni namoyish qiladi. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Wi-Fi sozlash

Mavjud tugmalar namoyish qilinadi. Bu misolda siz OK tugmasini bosish orqali tanlangan menyuga o‘tishingiz mumkin.