Printer boshqaruv panelida oluvchilaning faks raqamlarini kiritish orqali fakslarni yuborishingiz mumkin.
Monoxrom faks yuborishdan oldin skanerlangan rasmni LCD ekranda ko‘rish mumkin.
Asl nusxalarni joylashtiring.
Bir o‘tkazishda 100 betgacha yuborish mumkin; biroq xotirada qolgan bo‘sh joyga bog‘liq ravishda 100 betdan kamroq bo‘lgan fakslarni yuborib bo‘lmay qolishi mumkin.
Printerning boshqaruv panelidagi Faks tugmasini tanlang.
Oluvchini ko‘rsating.
Faks sozlamalari panelini tanlang va so‘ngra zaruriy sozlamalarni o‘zgartiring.
Faks yuborish uchun
tugmasiga tegining.
Agar faks raqami band bo‘lsa yoki biror muammo yuz bersa, bir daqiqadan keyin printer avtomatik ravishda raqamni qayta teradi.
Yuborishni bekor qilish uchun
ga tegining.
Rangli faksni yuborish ko‘proq vaqtni oladi, chunki printer skanerlash va yuborishni bir vaqtda bajaradi. Faksni rangli yuborish vaqtida boshqa funksiyalardan foydalanib bo‘lmaydi.