Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Qarov
Qarov
Bosma sifatini o‘zgartirish
Bosmalar bilan muammo bo‘lsa, bu xususiyatni tanlang. Zarur bo‘lsa, uchliklar tiqilib qolganini tekshirib, kallakni tozalash mumkin va bosma sifatini yaxshilash uchun ayrim parametrlarni sozlash mumkin.
Kallak uchini tekshirish
Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.
Chop etish kallagini tozalash
Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.
Siyohni kuchli oqizish
Siyohni kuchli oqizish yordamchi dasturi siyoh trubkalari ichidagi barcha siyohni almashtirishga imkon beradi.
Kallakni rostlash
Chizg'ichli satr bo'yicha tenglashtirish
Vertikal chiziqlarni tenglashtirish uchun shuni tanlang.
Gorizontal tenglashtirish
Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.
Siyoh quyish
Siyohdonni to‘ldirayotganda, siyoh darajalarini 100% ga qayta o‘rnatish uchun shu funksiyani tanlang.
Siyoh darajasini belgilash
Qolgan haqiqiy siyohga ko‘ra siyoh darajasini o‘rnatish uchun shu xususiyatni tanlang.
Texnik xizmat qutisi qolgan sig‘imi.
Texnik xizmat qutisining taxminiy ishlash muddatini ko‘rsatadi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi deyarli to‘lgan bo‘ladi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi to‘lgan bo‘ladi.
Rostlagichni tozalash
Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.