Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari > Chop etish sozlamalari
Chop etish sozlamalari
Avtomatik qisqartirish
Katta o‘lchamli hujjatlar bilan olingan fakslarni qog‘oz manbasidagi qog‘ozga mos bo‘lishi uchun kamaytirilgan holda chop qiladi. Olingan ma’lumotlarga bog‘liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo‘lmasligi mumkin. Agar bu o‘chirib qo‘yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o‘lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo‘sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin.
Sahifani bo‘lish sozlamalari
Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan kattaroq bo‘lgan hollarda olingan fakslarni sahifalarga bo‘lgan holda chop qiladi. Agar qogʻoz uzunligidan oshadigan miqdor Bo‘lingach, bosma ma’l-ni o‘chirish > Chegara ruknida belgilangan qiymatdan kam boʻlsa, ortiqcha qismi rad etiladi. Agar qogʻoz uzunligidan oshadigan miqdor belgilangan qiymatdan katta boʻlsa, ortiqcha qismi boshqa qogʻozga chop etiladi.
Bo‘lingach, bosma ma’l-ni o‘chirish
Bo‘lingach, bosma ma’l-ni o‘chirish
Qogʻoz uzunligidan oshadigan qiymat Chegara ichida oʻrnatilgan qiymatdan kam boʻlsa, oʻchirib tashlash uchun hujjat maydonini tanlang.
Chegara
Agar qogʻoz uzunligidan oshadigan miqdor bu qiymatdan kam yoki unga teng bo'lsa, ortiqchasi tashlab yuboriladi va chop etilmaydi.
Ajratishda ustiga chiqarish
Ajratishda ustiga chiqarish
Agar bu sozlama uchun Yoq oʻrnatilgan boʻlsa, maʼlumotlar esa hajm Bo‘lingach, bosma ma’l-ni o‘chirish > Chegara qiymatidan oshgani sababli boʻlinayotgan va chop etilayotgan boʻlsa, boʻlinayotgan maʼlumotlar Ustma-ust tushish kengligi parametrida koʻrsatilgan bir-birini yopuvchi uzunlik yordamida chop etiladi.
Ustma-ust tushish kengligi
Bu qiymatdan oshadigan maʼlumotlar chop etiladi.
Avtomatik aylantirish
Ular A5 o‘lchamidagi qog‘ozga chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj oriyentatsiyasidagi A5 o‘lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama qog'oz o'lchami A5 ga o'rnatilganda qo'llaniladi.
O‘ch-ni tanlash orqali portret orientatsiyasidagi A4 oʻlchamli hujjatlar bilan eni bir xil boʻlgan peyzaj orientatsiyasidagi A5 oʻlchamda qabul qilingan fakslar A4 oʻlchamli fakslar deb taxmin qilinadi va shunday chop etiladi.
Yuboruvchi sarlavha axborotini kiritmasa ham, olingan faksda qabul qilish axborotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifani bo‘lish sozlamalari yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi.
2 tomonlama
2 tomonlama
Olingan hujjatlarning sahifalarini qog‘ozning har ikkala tomoniga chop etadi.
Tikish hoshiyasi
Qistirish o‘rnini tanlang.
Chop etishni boshlash vaqti
Olinadigan fakslarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.
Barcha sahifalar qabul qilindi: Barcha sahifalar qabul qilingandan keyin chop qilish boshlanadi. Chop qilishni birinchi sahifadan yoki oxirgi sahifadan boshlash To'g'ri taxlash xususiyatining o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. To'g'ri taxlash uchun tushintirishga qarang.
Birinchi sahifa qabul qilindi: Birinchi sahifa olinganidayoq chop etishni boshlaydi, keyin sahifalarni olinishi tartibida chop etadi. Boshqa vazifa bajarilayotgani tufayli printer chop etishni boshlay olmasa, bo‘shaganidan so‘ng sahifalar yoppasiga chop etila boshlaydi.
To'g'ri taxlash
Birinchi sahifa oxirida chop qilinganligi uchun (chiqarish tepasiga) chop qilingan hujjatlar to‘g‘ri sahifa tartibida taxlanadi. Printer xotirasida joy kam bo‘lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.
Chop etishni to'xtatish oralig'i
Chop etishni to'xtatish oralig'i
Ko‘rsatilgan vaqt davri mobaynida printer olingan hujjatlarni chop qilmasdan, printer xotirasiga saqlaydi. Bu funksiyadan tunda shovqinning oldini olish yoki siz uzoqda bo‘lgan vaqtda sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishining oldini olish uchun foydalaniladi. Bu xususiyatni ishlatishdan oldin xotirada joy yetarli ekaniga ishonch hosil qiling.
To‘xtash vaqti
Hujjatlarni chop qilishni to‘xtatadi.
O‘chib yonish vaqti
Hijjatlarni chop qilishni avtomatik tarzda qaytadan boshlaydi.
Sokin rejim
Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.