> Qog‘ozni yuklash > Qogo‘zni chiqarish

Qogo‘zni chiqarish

  • Chop qilingan qog‘oz chiqarish lotogiga chop qilingan tomoni pastga qilingan holda chiqariladi. A4 o‘lchamdagi oddiy qog‘oz uchun (qog‘ozning qalinligi 80 g/m²) bir vaqtning o‘zida 100 tagacha qog‘oz chiqarilishi mumkin. 100 ta varaqdan ortiq qog‘ozni chiqarish qog‘ozning tushib ketishiga yoki qog‘ozning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Varaqlar soni chiqarilishi mumkin bo‘lgan maksimal sondan ortib ketmasligi uchun ortiqcha qog‘ozni olib qo‘ying.

  • Qalin qog‘oz, fotoqog‘oz yoki vizitka o‘lchamidagi qog‘ozni yuklaganingizda qog‘ozni printerni old tomoniga chiqarish uchun chiqarish pereklyuchateli richagini pasaytiring. Biz yana konvertlarni printerning old tomoniga chiqarishni ham tavsiya qilamiz.

  • Fotoqog‘ozning chop qilinadigan yuzasiga qo‘llaringiz bilan tegmang. Qo‘llaringizdagi nam va moylar chop qilish sifatiga ta’sir qilishi mumkin.