Menyu bandlari printer modeliga qarab farqlanadi.
Sensor ekranli modellarda printer ekranidagi tasvirchani bosing.
Oddiy ekranli modellarda bandlarni tanlash uchun strelkalardan foydalaning. Keyin OK ni bosing.
Printer yoqilganligi va ishlatishga tayyorligiga amin bo'ling.
Printer modeliga ko'ra quyida berilgan usullardan biriga rioya qilgan holda printerdagi Wi-Fi o'rnatish menyusiga kiring.

ni tanlang.
Wi-Fi Setup (Wi-Fi o'rnatish) ni tanlang.

/

,
Setup (O'rnatish) ga tegib, keyin
Wi-Fi Setup (Wi-Fi o'rnatish) ga teging.
Wi-Fi Setup Wizard (Wi-Fi o'rnatish yordamchisi) ni tanlang.
SSIDni tanlang.
SSID bu Wi-Fi tarmog'ingizning nomidir. Ro'yxat signal kuchiga ko'ra saralanadi.
Printer boshqaruv panelidagi tugma yoki strelkalardan foydalanib, SSID uchun parolni kiriting.
IZOH:
Parolda katta-kichik harflar farqlanadi. Parolda katta va kichik harflar bilan birga sonlar ham bo'lishi mumkin.
Sensor ekransiz yoki klaviaturasiz modellarda belgi kiritish haqida ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o'ting.
Printerda tasdiq oynasi chiqsa, quyidagi 7-bosqichga yetguncha ekrandagi yo'l-yo'riqlarga amal qiling.
Printer modeliga qarab, tasdiq oynasi ko'rsatilmasdan tarmoq aloqasi ishga tushadi.
Tugallanganlik haqida xabar ko'rsatilganida Wi-Fi o'rnatish tugallangan bo'ladi.
IZOH:
Tarmoq aloqasini tekshirish hisobotini chiqarmoqchi bo'lsangiz, printerga oddiy qog'oz qo'yib, LCD ekranidagilarga amal qiling. Qog'oz qo'yishga oid tafsilotlar uchun tegishli qo'llanmani ko'ring.
Wi-Fi o'rnatish amalga oshmasa, quyidagi havolani bosing.
Wi-Fi aloqasini tekshirmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havolani bosing.