IP-manzilni biriktirish

Xost manzili, Subtarmoq maskasi, Odatiy shlyuz kabi asosiy parametrlarni oʻrnating.

Mazkur boʻlimda statik IP-manzil sozlamasi jarayoni tushuntiriladi.

  1. Printerni yoqing.

  2. Boshqaruv panelidagi bosh ekranda Sozlamalar bandini tanlang.

  3. Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > TCP/IP-ni tanlang.

  4. IP manzili olish uchun Qo'lda bandini tanlang.

    Routerning DHCP funksiyasidan foydalangan holda IP manzilni avtomatik tarzda oʻrnatganingizda Avto rejimini tanlang. Bunday holatda 5- va 6-bosqichlarda IP manzili, Subtarmoq maskasi va Odatiy shlyuz avtomatik tarzda oʻrnatilishi bois 7-bosqichga oʻting.

  5. IP-manzilni kiriting.

    Agar va tanlansa, fokus muayyan davr bilan ajratilgan old yoki orqa segmantga oʻtadi.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

  6. Subtarmoq maskasi va Odatiy shlyuz parametrini oʻrnating.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

    Muhim:

    Sizning IP manzili, Subtarmoq maskasi va Odatiy shlyuz kombinatsiyalaringiz notoʻgʻri boʻlsa, Sozlashni boshlash faollashmaydi va sozlamalarni davom ettirib boʻlmaydi. Kirishda xato yuz bermaganligini tasdiqlang.

  7. Birlamchi DNS server uchun IP manzilni kiriting.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

    Eslatma:

    IP-manzil belgilanishli sozlamalar uchun Avto rejimini tanlaganingizda, DNS server sozlamalarini Qo'lda yoki Avto bandlaridan tanlashingiz mumkin. Agar siz DNS server manzilini avtomatik tarzda olmasangiz, Qo'lda rejimini tanlang va DNS server manzilini kiriting. Keyin esa bevosita ikkilamchi DNS server manzilini kiriting. Agar Avto bandini tanlasangiz, 9-bosqichga o‘ting.

  8. Ikkilamchi DNS server uchun IP manzilni kiriting.

    Oldingi ekranda aks etgan qiymatni tasdiqlang.

  9. Sozlashni boshlash tugmasini bosing.