Ko‘p ishlatiladigan kontaktlarni qayd qilish

Ko‘p ishlatiladigan kontaktlarni qayd qilganingizda ular manzil kiritilgan ekranning tepa qismida ko‘rsatiladi.

  1. Bosh ekranda Sozlamalar-ni tanlang.

  2. Kontaktlar menejerini tanlab, keyin Tez-tez ishlatiladiganni tanlang.

  3. Ro‘yxatga olinadigan kontakt turini tanlang.

  4. Tahrirlash-ni tanlang.

    Eslatma:

    Kontaktlar tartibini o‘zgartirish uchun Saralash-ni tanlang.

  5. Qayd qilmoqchi bo‘lgan, ko‘p ishlatiladigan kontaktlarni tanlab, OK-ni tanlang.

    Eslatma:
    • Kontaktning tanlanishini bekor qilish uchun unga yana teging.

    • Kontaktlar ro‘yxatida manzilni qidirish mumkin. Ekran yuqorisidagi maydonga qidiriladigan so‘zni kiriting.

  6. Yopish-ni tanlang.