Tarmoqqa ulab bo‘lmaydi

Muammo quyidagi masalalardan biri bo‘lishi mumkin.

Wi-Fi ulanishi uchun tarmoq qurilmalari bilan nimadir noto‘g‘ri o‘rnatilgan.

Yechimlar

Tarmoqqa ulamoqchi bo‘lgan qurilmalaringizni o‘chiring. 10 soniya kutib turing va keyin qurilmalarni quyidagi tartibda yoqing: simsiz router, kompyuter yoki smart qurilma va keyin printer. Radioto‘lqinli aloqaga yordam berish uchun printer va kompyuter yoki smart qurilmani simsiz routerga yaqinlashtiring va keyin tarmoqni sozlashlarga qaytadan urining.

Ular undan juda uzoqda joylashganliklari uchun ular simsiz routerdan signallarni qabul qila olmaydilar.

Yechimlar

Kompyuter yoki smart qurilma bilan printerni simsiz routerga yaqinroq surgandan keyin simsiz routerni o‘chiring va qaytadan yoqing.

Simsiz routerni almashtirishda sozlamalar yangi routerga mos kelmaydi.

Yechimlar

Ular yangi simsiz routerga mos bo‘lishi uchun sozlashlarni qaytadan o‘rnatishni bajaring.

Kompyuter yoki aqlli qurilma va kompyuter orqali ulangan SSID lar farq qiladi.

Yechimlar

Bir vaqtning o‘zida bir nechta simsiz routerlardan foydalanayotganingizda yoki simsiz router bir nechta SSID larga ega bo‘lsa va qurilmalar turli SSID larga ulangan bo‘lsa, simsiz routerga ulana olmaysiz.

Kompyuter yoki smart qurilmani printer bilan bitta SSID qa ulang.

Simsiz routerdagi maxfiylik ajratgichidan foydalanish mumkin.

Yechimlar

Ko‘pgina simsiz routerlar ulangan qurilmalar orasida aloqa qilishni to‘sib qo‘yuvchi maxfiylikni ajratuvchi xususiyatga egadir. Agar printer bilan kompyuter yoki smart qurilma o‘rtasida bitta tarmoqqa ulangandan so‘ng ham aloqa bo‘lmasa, simsiz routerda maxfiylik ajratuvchisini o‘chirib qo‘ying. Batafsil ma’lumotlar olish uchun simsiz router bilan birga berilgan qo‘llanmaga qarang.

IP manzil noto‘g‘ri belgilangan.

Yechimlar

Agar printerga IP-manzil 169.254.XXX.XXX qilib va yordamchi tarmoq niqobi 255.255.0.0 qilib biriktirilgan bo‘lsa, IP-manzil to‘g‘ri biriktirilmasligi mumkin.

Printerning boshqaruv panelida Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha ni tanlang, va keyin IP manzil va printerga biriktirilgan yordamchi tarmoq niqobini tekshiring.

Simsiz routerni o‘chirib, yoqing yoki printer uchun tarmoq sozlamalarini qayta sozlang.

Kompyuterda tarmoq sozlamalari bilan muammo mavjud.

Yechimlar

Kompyuteringiz tarmoq parametrlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kompyuteringizdan birorta veb-saytga kirishga urinib ko‘ring. Agar birorta ham veb-saytga kira olmasangiz, kompyuteringiz bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘ladi.

Kompyuterning tarmoqqa ulanishini tekshirish. Batafsil ma’lumotlar olish uchun kompyuter bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

USB 3.0 portiga ulangan qurilmada radio chastotali shovqin keltirib chiqaradi.

Yechimlar

Qurilmangizni Mac’da USB 3.0 portiga ulaganingizda radiochastotali halaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Agar simsiz LAN (Wi-Fi) tarmog‘iga ulana olmasangiz yoki ishlashlari noturg‘un bo‘lsa, quyidagini sinab ko‘ring.

  • USB 3.0 portiga ulangan qurilmani kompyuterdan uzoqroqqa siljiting.

  • 5 Gts diapazon uchun SSIDga ulaning.

SSIDga printerni ulash uchun quyidagiga qarang.

Printer IEEE 802.3az (Energiya tejamkor Ethernet)ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmadan foydalanib Ethernetga ulangan.

Yechimlar

Printerni IEEE 802.3az (Energiya tejamkor Ethernet) ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalardan foydalanib Ethernet orqali ulaganingizda siz foydalanayotgan xab yoki simsiz routerga bog‘liq ravishda quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin.

  • Ulanish beqaror bo‘lib qoladi, printer qayta va qayta ualanadi va uziladi.

  • Printerni ulab bo‘lmaydi.

  • Aloqa tezligi sekinlashib qoladi.

Printerga bo‘lgan IEEE 802.3az ni o‘chirib qo‘yish uchun quyidagi qadamlarni bajaring va keyin ulang.

  1. Kompyuter va printerga ulangan Ethernet kabelini chiqarib oling.

  2. Kompyuter uchun IEEE 802.3az yoqilganida uni o‘chiring.

    Batafsil ma’lumotlar olish uchun kompyuter bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  3. Kompyuter va printerni Ethernet kabeli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulang.

  4. Printerda tarmoq ulanishi hisobotini chop qiling.

    Tarmoq ulanishi hisobotini chop qilish

  5. Tarmoq ulanishi hisobotida printerning IP-manzilini tekshiring.

  6. Kompyuterda Web Config ilovasiga kiring.

    Veb-brauzerni ishga tushiring va keyin printerning IP-manzilini kiriting.

    Veb-konfiguratsiyani veb-brauzer orqali ishga tushirish

  7. Network paneli > Wired LAN-ni tanlang.

  8. IEEE 802.3az uchun OFF-ni tanlang.

  9. Next-ni cherting.

  10. OK-ni cherting.

  11. Kompyuter va printerga ulangan Ethernet kabelini chiqarib oling.

  12. Agar 2-qadamda kompyuter uchun IEEE 802.3az ni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni yoqing.

  13. 1-qadamda uzib qo‘yilgan Ethernet kabellarini kompyuter bilan printerga ulang.

Agar muammo baribir paydo bo‘laversa, printerdan boshqa qurilmalar muammoni yuzaga keltirayotgan bo‘lishi mumkin.