Bular quyidagi turdagi IP-manzillarini tayinlashdir.
Printerga (xost) avvaldan belgilangan IP-manzilni qo‘lda tayinlang.
Tarmoqqa ulash uchun ma’lumotlarni (subtarmoq maskasi, sukut bo‘yicha shlyuz, DNS server va hokazo) qo‘lda o‘rnatish lozim.
Hattoki qurilma o‘chiq bo‘lganida ham IP-manzil o‘zgarmaydi, shuning uchun ham siz IP-manzilni o‘zgartirib bo‘lmaydigan muhitda qurilmalarni boshqarmoqchi yoki IP-manzildan foydalanib qurilmalarni boshqarmoqchi bo‘lganingizda bu foydalidir. Biz printer, server kabilarga ko‘pgina kompyuterlar tomonidan kirish mumkin bo‘lgan sozlamalarni tavsiya qilamiz. Yana IPsec/IP-filtrlash kabi xavfsizlik xususiyatlaridan foydalanilganda IP-manzil o‘zgarmasligi uchun o‘zgarmas IP-manzilni tayinlang.
DHCP serveri yoki marshrutizatorning DHCP funksiyasidan foydalangan holda printerga (xost) IP-manzilni avtomatik ravishda tayinlang.
Qurilmani tarmoqqa osongina ulay olishingiz uchun tarmoqqa ulash uchun ma’lumotlar (subtarmoq maskasi, sukut bo‘yicha shlyuz, DNS server va hokazo) avtomatik ravishda o‘rnatiladi.
Agar qurilma yoki marshrutizator o‘chiq bo‘lsa yoki DHCP serveri sozlamalariga bog‘liq ravishda qayta ulanganda IP-maznil o‘zgarishi mumkin.
Biz qurilmalarni IP-manzildan bolshqa tarzda boshqarishni va IP-manzilga amal qiluvchi protokollar bilan aloqa qilishni tavsiya qilamiz.
DHCP ning IP-manzilni buyurtma qilish funksiyasidan foydalanganingizda qurilmalarga bir vaqtning o‘zida bir xil IP-manzilni tayinlashingiz mumkin.