Kompyuterdan chop qilish ilovasi (Mac OS Printer Drayveri)

Printer drayveri dasturdan olingan buyruqlarga ko‘ra printerni boshqaradi. Printer drayveridagi parametrlarni sozlash eng yaxshi chop qilish sifati bilan ta’minlaydi. Yana printer drayveri yordamchi dasturidan foydalangan holda printer holatini tekshirish yoki eni eng yaxshi ishlash holatida saqlash ham mumkin.

Dasturlardan printer drayveriga kirish

Dasturning Fayl menyusidagi Qog‘ozni sozlash yoki Chop qilish ustiga bosing. Zarur bo‘lgan hollarda chop qilish oynasini kengaytirish uchun Tafsilotlarni ko‘rsatish-ga (yoki -ga) cherting.

Eslatma:

Ishlatilayotgan ilovaga qarab Qog‘ozni sozlash bandi Fayl menyusida ko‘rinmasligi mumkin hamda chop qilish ekranini ko‘rsatish amali ham boshqacha bo‘lishi mumkin. Tafsilotlar uchun ilovaning yordam yo‘riqnomasiga qarang.

Yordamchi dasturni ishga tushirish

Apple menyusi > Printerlar va skanerlar-dan (yoki Chop qilish va skanerlash, Chop qilish va faks-dan) Tizim afzalliklari-ni tanlang va keyin printerni tanlang. Opsiyalar va ta’minotchilar > Yordamchi dastur > Printer yordamchi dasturini ochish-ni cherting.