Shuningdek, siz sahifalarini qayta buyurish va chop qilinganlarni buklash orqali yaratish mumkin bo‘lgan bukletni chop qilishingiz ham mumkin.

Bu xususiyatdan hoshiyasiz chop qilishda foydalanib bo‘lmaydi.
Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo‘lmagan qog‘ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.
Qog‘oz va ma’lumotlarga bog‘liq ravishda siyoh qog‘ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.
Agar EPSON Status Monitor 3 yoqilgan bo‘lmasa qo‘lda 2 tomonlama chop qilishni bajara olmaysiz. Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveri oynasiga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat -ni cherting va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.
Biroq, printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan ulashib foydalanilganda bu chop qilishdan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.
Printer drayverining Asosiy panelida 2 tomonlama chop qilish dan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan uzun qirrali tikish turini tanlang.
Sozlamlar ni bosing, Broshyura ni tanlang va keyin Markazdan tikish yoki Yon tomondan tikish ni tanlang.
OK tugmasini cherting.
Juda ko‘p fotosuratlar va rasmlar bo‘lgan ma’lumotlarni chop qilishda Bosma zichligi ni bosing va keyin mos sozlashlarni bajaring va keyin OK tugmasini bosing.
Bosma zichligi o‘rnatilganda siz hujjat turiga qarab chop qilish zichligini sozlashingiz mumkin.
Hujjat turini tanlash oynasidagi Bosma zichligini sozlash va Sifat ichki oynasidagi Asosiy uchun tanlangan parametrlarga qarab chop qilish tezligi pastroq bo‘lishi mumkin.
Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.