> Muammolarni hal qilish > Siyoh to‘ldirish vaqtidir > Siyoh butilkalari bilan ishlashdagi ehtiyot choralari

Siyoh butilkalari bilan ishlashdagi ehtiyot choralari

Siyoh bilan to‘ldirishdan avval quyidagi ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.

Siyohni saqlash bo‘yicha ehtiyotkorlik choralari
  • Siyoh butilkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan saqlang.

  • Siyoh butilkalarini baland yoki muzlatuvchi haroratlarda saqlamang.

  • Siyoh butilkasini sovuq saqlash joyidan ichkariga keltirgandan keyin undan foydalanishdan avval uni xona haroratigacha isitish uchun kamida uch soat kuting.

  • Siyoh butilkasini ochganingizdan so‘ng, imkon qadar tez muddatda uni ishlatib yuborishni tavsiya qilamiz.

  • Epson siyoh butilkalaridan qadog'ida ko'rsaatilgan sanadan avval foydalanishni tavsiya qiladi.

  • Siyoh bakini to'ldirishga tayyor bo'lmaguningizcha siyoh butilka qadog'ini ochmang.Uning ishonchliligini ta'minlash uchun siyoh butilkalari vakuumli ravishda qadoqlangan.Agar undan foydalanishdan avval siyoh butilkasini qadoqlanmagan holda uzoq vaqt qodlrisangiz, chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.

  • Siyoh butilkasini saqlashda yoki tashishda butilkani qiyshaytirmang va uni turli ta’sirlar yoki harorat o’zgarishlari muhitiga qo'ymang.Aks holda xattoki butilka qopqog'i mahkam yopilgan bo'lsa ham siyoh oqib ketishi mumkin.Qopqoqni qotirayotgan vaqtda siyoh butilkasini tik bo‘lishiga ishonch hosil qiling va butilkani tashiganda, masalan, uni sumka ichiga solganda, siyohning oqib ketishining oldini olish choralarini ko'ring.

Siyohni to‘ldirish vaqtidagi ehtiyotkorlik choralari
  • Bu printer uchun siyoh bilan ehtiyotlik bilan muomala qilish kerak. Baklar siyoh bilan to‘ldirilganda yoki to‘ldirilayotganda siyoh sachrab ketishi mumkin. Agar siyoh kiyimlaringizga yoki buyumlaringizga tegsa, u ketmasligi mumkin.

  • Bu printer uchun to'g'ri qism kodiga ega bo'lgan siyoh butilkalaridan foydalaning.

  • Siyoh butilkalarini juda qattiq silkitmang yoki siqmang.

  • Chop qilish natijalari optimal bo‘lishi uchun uzoq muddat davomida siyoh darajasi past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

  • Eng yaxshi natijaga ega bo'lish uchun eng kamida yiliga bir marta siyoh idishlarini yuqori chiziqqacha to'ldiring.

  • Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer bakni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi bak ichida qoladi.Sizga keltirilgan ma'lumotlar bu zahirani o'z ichiga olmaydi.

Siyoh sarfi
  • Chop qilish golovkasining optimal darajada ishlashini ta’minlash uchun barcha siyoh baklaridagi siyohlar nafaqat chop qilish davomida, balki texnik xizmat ko‘rsatish, masalan, chop qilish golovkasini tozalaganda ham ishlatiladi. Siyoh printerni yoqqaningizda ham sarhlanishi mumkin.

  • Monoxrom yoki kulrang rejimda chop qilganda qog'oz turi yoki chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda qora siyoh o'rniga rangli siyohlardan foydalanish mumkin. Bu qora rangni olish uchun rangli siyohlar aralashmasidan foydalanilishi tufaylidir.

  • Printer bilan birga berilgan siyoh butilkalaridagi siyohdan dastlabki o'rnatish vaqtida qisman foydalaniladi.Yuqori sifatli chop qilishlarni ta'minlash maqsadida printerning chop qilish golovkasi siyoh bilan to'liq to'ldirib olinadi.Bu bir martalik jarayon ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qiladi va shuning uchun bu siyoh butilkalari keyingi siyoh butilkalariga qaraganda kamroq sahifaga yetishi mumkin.

  • Ko'rsatilgan chop qilinadigan sahifalar soni chop qilinayotgan tasvirlar, chop qilishda foydalanilayotgan qog'oz turi, chop qilishdan qanchalik ko'p foydalanilishi va harorat kabi atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.