> Nusxa ko'chirish > Nusxalash uchun asosiy menyu parametrlari

Nusxalash uchun asosiy menyu parametrlari

Eslatma:

O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Rang rejimi:

Rangli yoki oq-qorada nusxalashni tanlang.

  • Oq-qora

    Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.

  • Rangli

    Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.

Zichlik:

Nusxasi xira chiqsa, zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, zichlik darajasini kamaytiring.

Qog‘oz:

Ishlatiladigan qog‘oz manbasini tanlang. Auto tanlanganda qog‘oz qo‘yilganda tanlangan Qog‘oz sozlamalariga qarab, qog‘oz avtomatik ravishda uzatiladi.

Kich-sh/keng-sh:

Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi. Qiymatga teginib, originalni 25 dan 400% gacha diapazonda kichiklashtirish yoki kattalashtirish darajasini ko‘rsating.

  • Auto

    Asl oʻlchamni qog‘oz o‘lchami kattaligiga avtomatik kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Masalan, agar asl oʻlchamni A6 qilib sozlasangiz va qogʻoz oʻlchamini A4 qilib sozlasangiz, kattalashtirish avtomatik 200% qilib sozlanadi.

    Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan () boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

  • Sig‘dirish

    Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Kich-sh/keng-sh qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Kich-sh/keng-sh qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.

  • Haqiqiy o‘lchami

    100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.

  • A4→A5 va boshqalar

    Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

Original turi:

Originalning turini tanlang. Original turiga mos kelishi uchun optimal sifatda nusxa ko‘chiradi.

2 tomonlama:

2 tomonli sxemani tanlang.

  • 1→ 1 tom.

    Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.

  • 2>2 tomonlama

    Ikki tomonli originalning har ikkala tomonini bir varaq qog‘ozning ikkiala tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va original hamda qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.

  • 1>2 tomonlama

    Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi. Originalning yo‘nalishi va qog‘ozning qistiriladigan o‘rnini tanlang.

  • 2>1 tomonlama

    Ikki tomonli originalning ikkita tomonini ikki varaq qog‘ozning bittadan tomoniga nusxalaydi. Originalning yo‘nalishi va qistiriladigan o‘rnini tanlang.