> Muammolarni hal qilish > Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi almashtirish vaqtidir > Texnik xizmat ko‘rsatish qutisini almashtirish

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisini almashtirish

Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh texnik xizmat ko‘rsatish qutisiga to‘planishi mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish qutisidan siyoh oqishining oldini olish uchun printer texnik xizmat ko‘rsatish qutisining so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Texnik xizmat qutisini almashtirish kerakligi haqida xabar chiqsa, boshqaruv panelidagi animatsiyalarga qarang. Qutini almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism.

Eslatma:
  • Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi to‘lganida siyoh oqib ketishining oldini olish uchun u almashtirilmagunicha chop qila va chop qilish kallagini tozalay olmaysiz. Lekin, skanerlash kabi siyoh ishlatilmaydigan amallarni bajarishingiz mumkin.

  • Quyidagi ekran ko‘rsatilganida qismni foydalanuvchilar tomonidab almashtirib bo‘lmaydi. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.