Yuborish sozlamalari

Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Yuborish sozlamalari

Eslatma:
  • Web Config ekranida quyidagi menyuni topishingiz mumkin:

    Fax paneli > Send Settings

  • Parolni kiritish oynasi chiqsa, parolni kiriting.

Yoppasiga yuborish:

Bitta qabul qiluvchiga bir nechta faks yuborilishi kutilayotgan bo‘lsa, bu parametr ularni bitta guruhga birlashtirib, hammasini birdaniga yuboradi. Bir vaqtning o‘zida beshtagacha hujjatni (jami 100 betgacha) yuborish mumkin. Ulanish vaqtlarini kamaytirish orqali yuboris harajatlarini tejash imkoni tug‘iladi.

Xatolik tafsilotlarini saqlash:

Yuborish amalga oshmagan hujjatlarni printer xotirasida saqlaydi. Vazifa holati orqali hujjatlarni qaytadan yuborish mumkin.

Keyingi asl nusxani kutish vaqti:

Navbatdagi asl nusxani kutish uchun vaqtni belgilang. Printer vaqt oʻtgandan keyin faksni joʻnatishni boshlaydi.

Faksga razm solishni koʻrsatish vaqti:

Skanerlangan hujjatni yuborishdan oldin belgilangan vaqt uchun oldindan koʻrib chiqishingiz mumkin. Printer vaqt oʻtgandan keyin faksni joʻnatishni boshlaydi.

PC to FAX Function:

Bu element faqat Web Config ekranida ko‘rinadi. Mijoz kompyuterdan foydalanib fakslarni yuborishni yoqadi.