Bu usul sizga printerni simsiz routersiz Android qurilmalariga ulash imkonini beradi. Bu funksiyadan foyfalanish quyidagi shartlarni talab qiladi.
Android 4.4 yoki keyingi versiyalari
Epson iPrint 7.0 yoki keyingi versiyalari
Smart qurilmadan chop qilish uchun Epson iPrint ilovasidan foydalaniladi. Smart qurilmaga avvaldan Epson iPrint ilovasini o‘rnating.
Sizdan faqat printer va ulamoqchi bo‘lgan smart qurilma uchun bu sozlamalarni bir marta sozlash talab qilinadi. Wi-Fi Direct funksiyasini o‘chirib qo‘ymas yoki tarmoq sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklamas ekansiz, bu sozlamalarni qaytadan sozlashingiz shart emas.
Bosh ekranda
tugmasiga tegining.
Wi-Fi Direct tugmasini bosing.
Sozlashni boshlash tugmasini bosing.
Android tugmasini bosing.

Smart qurilmada Epson iPrint ilovasini ishga tushiring.

Epson iPrint ekranida Printer is not selected.ga tegining.
O‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan printerni tanlang.

Printerni tanlash uchun printer boshqaruv panelida ko‘rsatilgan ma‘lumotlarga qarang.

Android qurilmasiga bog‘liq ravishda printerlar ko‘rsatilmasligi mumkin. Agar printerlar ko‘rsatilmasa, Boshqa OT qurilmalari ni tanlash orqali ulang. Ulash uchun quyidagi tegishli ma’lumotni ko‘ring.
Qurilmaning ulashni tasdiqlash ekrani ko‘rsatilganida Tasdiqlash-ni tanlang.
Qurilmani ro‘yxatga olishni tasdiqlash ekrani ko‘rsatilganida ruxsat berilgan qurilmani printerga ulash yoki ulamaslikni tanlang.
Printerning boshqaruv panelidan Tugallandi bo‘limiga kiring.
Printerga avval ulangan smart qurilmalarni qaytadan ulash uchun smart qurilmaning Wi-Fi ekranida tarmoq nomini (SSID) tanlang.