Raqamli sertifikatlarning ko'rinishiga bog'liq ogohlantirish

Xabarlar

Sababi/Hal etish

Enter a Server Certificate.

Sabab:

Import qilinadigan fayl tanlanmagan.

Hal etish:

Faylni tanlang va Import tugmasini bosin.

CA Certificate 1 is not entered.

Sabab:

CA 1 sertifikati kiritilmagan, faqat CA 2 sertifikati kiritilgan.

Hal etish:

Avval CA 1 sertifikatini import qiling.

Invalid value below.

Sabab:

Fayl joylashgan joy va/yoki parolda qo'llab-quvvatlanmaydigan belgilar mavjud.

Hal etish:

To'g'ri belgilar kiritilganligiga ishonch hosil qiling.

Invalid date and time.

Sabab:

Printer uchun sana va vaqt kiritilmagan.

Hal etish:

Web Config, EpsonNet Config yoki printerning boshqaruv panelidan foydalangan holda sana va vaqtni o'rnating.

Invalid password.

Sabab:

CA sertifikati uchun o'rnatilgan parol hamda kiritilgan parol o'zaro mos emas.

Hal etish:

To'g'ri parol kiriting.

Invalid file.

Sabab:

Sertifikat faylini X509 formatida import qilmayapsiz.

Hal etish:

Ishonchli sertifikat boshqarmasidan berilgan sertifikatni tanlayotganligingizni tekshiring.

Sabab:

Import qilgan faylingiz hajmi juda katta. Faylning maksimal hajmi 5 Kb.

Hal etish:

Agar siz to'g'ri fayl tanlagan bo'lsangiz, sertifikat shikastlangan yoki soxta bo'lishi mumkin.

Sabab:

Sertifikatdagi silsila noto'g'ri.

Hal etish:

Sertifikat haqida ko'proq ma'lumot olish uchun sertifikat boshqarmasining veb-saytiga tashrif buyuring.

Cannot use the Server Certificates that include more than three CA certificates.

Sabab:

PKCS#12 formatidagi sertifikat fayli 3 CA'dan ko'proq sertifikatga ega.

Hal etish:

Har bir sertifikatni PKCS#12 formatidan PEM formatiga o'girilgan holda import qiling yoki 2 gacha CA sertifikatiga ega PKCS#12 formatidagi sertifikatni import qiling.

The certificate has expired. Check if the certificate is valid, or check the date and time on your printer.

Sabab:

Sertifikatning haqiqiylik muddati tugagan.

Hal etish:

  • Agar sertifikatning muddati o'tgan bo'lsa, yangi sertifikat oling va import qiling.

  • Agar sertifikat muddati o'tmagan bo'lsa, printer sanasi va vaqti to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Private key is required.

Sabab:

Sertifikatda ikkita juftlashtirilgan shaxsiy kalit mavjud emas.

Hal etish:

  • Agar sertifikat PEM/DER formatida bo'lsa va u kompyuterdan foydalanilgan holda CSR'dan olingan bo'lsa, shaxsiy kalit faylini ko'rsatib bering.

  • Agar sertifikat PKCS#12 formatida bo'lsa va u kompyuterdan foydalanilgan holda CSR'dan olingan bo'lsa, shaxsiy kalitga ega faylni yarating.

Sabab:

Web Config'dan foydalanilgan holda CSR'dan olingan PEM/DER sertifikatini qayta import qilgansiz.

Hal etish:

Agar sertifikat PEM/DER formatida bo'lsa va u Web Config'dan foydalanilgan holda CSR'dan olingan bo'lsa, uni faqat bir marta import qilishingiz mumkin.

Setup failed.

Sabab:

Sozlashni yakunlab bo'lmayapti, chunki printer bilan kompyuter o'rtasidagi aloqa buzilgan yoki faylni ayrim xatolar tufayli o'qib bo'lmayapti.

Hal etish:

Ko'rsatilgan faylni va aloqani tekshirgandan so'ng faylni qayta import qiling.