Skaner Oynasi-ni tozalash

Ko‘chirilgan nusxalar yoki skanerlangan tasvirlar kirlansa, skaner oynasi-ni tozalang.

Diqqat:

Hujjat qopqog‘ini ochganda yoki yopganda qo‘llaringiz yoki barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Aks holda jarohat olishingiz mumkin.

Muhim:

Printerni tozalash uchun spirt yoki erituvchilardan foydalanmang. Bu kimyoviy moddalar printerni shikastlashi mumkin.

  1. Hujjat qopqog‘ini oching.

  2. Baraban va skaner oynasi yuzasini tozalash uchun yumshoq, quruq, toza lattadan foydalaning.

    Muhim:
    • Agar shisha yuza yog‘ yoki boshqa ketkazish qiyin bo‘lgan material bilan ifloslangan bo‘lsa, uni ketkazish uchun oz miqdorda shisha tozalagich va yumshoq lattadan foydalaning. Qolgan barcha suyuqlikni artib tashlang.

    • Shisha yuzani xaddan tashqari qattiq bosmang.

    • Shisha yuzasini tirnab qo‘ymaslik yoki shikastlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Shikastlangan shisha yuzasi skanerlash sifatini pasaytirishi mumkin.