Xatolik xabarini tekshirish
Muammo yuz berganida avval printerning boshqaruv panelida yoki drayver ekranida birorta xabarning bor-yo'qligini tekshiring. Agar sizda xatolik yuz berganda bildirishnoma elekrton xati yuborish o'rnatilgan bo'lsa, darhol holatni bilib olishingiz mumkin.
Tarmoq ulanishi hisoboti
Tarmoq va printer holatini tashxislang va keyin natijani chop qiling.
Tashxislangan xatolikni printer tomonidan topishingiz mumkin.
Aloqa holatini tekshirish
Ping yoki ipconfig kabi buyruqdan foydalangan holda server-kompyuter yoki mijoz-kompyuter ulanish holatini tekshiring.
Ulanishni sinab ko'rish
Printer bilan pochta serveri o'rtasidagi ulanishni tekshirish uchun printerdan turib ulanishi tekshirishni bajaring. Yana aloqa holatini tekshirish uchun mijoz kompyuterdan serverga ulanishni tekshiring.
Sozlamalarga dastlabki qiymatlarni berish
Agar sozlamalar va aloqa holati muammo yo'qligini ko'rsatsa, printerning tarmoq sozlamalarini o'chirib qo'yish yoki ularga dastlabki qiymatlar berish va keyin yana o'rnatish orqali muammolarni hal qilish mumkin.