Chop qilish kallagini tekshirish va tozalash

Agar soplolar tiqilib qolgan bulsa, chop qilingan narsalarning rangi och bo‘ladi, ko‘zga ko‘rinarli polosalar yoki kutilmagan ranglar paydo bo‘ladi. Agar soplolar o‘ta tiqilib qolgan bo‘sa bo‘sh qog‘oz chop qilinadi. Chop qilish sifati pasayganda soplolarning tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun avval chop qilish sifati pasayganda soploni tekshirish funsksiyasidan foydalaning. Agar soplolar tiqilib qolgan bulsa, chop qilish kallagini tozalang.

Muhim:
  • Golovkani tozalash vaqtida skaner qurilmasini ochmang yoki printerni o'chirmang. Agar golovkani tozalash tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.

  • Kallagni tozalash siyoh sarflaydi va keragidan ortiq bajarilmasligi kerak.

  • Siyoh darajasi past bo‘lganda printer golovkasini tozalay olmasligingiz mumkin.

  • Agar soploni tekshirish va chop qilish golovkasini tozalashni 3 marta takrorlagandan keyin chop qilish sifati yaxshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting va keyin soploni tekshirishni ishga tushiring va zarur hollarda golovkani tozalashni takrorlang. Biz tugmasidan foydalanib printerni o‘chirishni tavsiya qilamiz. Agar chop qilish sifati baribir yaxshilanmasa, Kuchli tozalash funksiyasini ishga tushiring.

  • Chop qilish kallagining qurib qolishining oldini olish uchun yoqilgan holda printerni rozetkadan uzmang.