Telefon raqami kengaytmalaridan foydalanuvchi va tashqaridagi liniyaga chiqish uchun 0 va 9 kabi tashqi kirish kodlarini talab qiluvchi ofislarda printerdan foydalanganda quyidagi parametrlarni o‘rnating.
Printerning boshqaruv panelidagi Sozlamalar tugmasini tanlang.
Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar-ni tanlang.
Liniya turini tanlang va keyin PBXni tanlang.
Haqiqy tashqi kirish kodining o‘rniga # (panjara) belgisidan foydalanib tashqi faks raqamiga faks yuborganda Kirish kodi qutisini tanlang va keyin Ishlat-ni tanlang.
Haqiqiy kirish kodining o‘rniga kiritilgan # beligisi raqam terganda saqlangan kirish kodi bilan almashtiriladi. # dan foydalanish tashqaridagi liniyaga ulanganda ulanish bilan bog‘liq muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Siz Kontaktlar-dagi 0 yoki 9 kabi tashqi kirish kodi o‘rnatilgan oluvchilarga fakslar yubora olmaysiz.
Agar siz 0 yoki 9 kabi tashqi kirish kodidan foydalanib oluvchilarni Kontaktlar-da ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsangiz, Kirish kodi-ni Do Not Use-ga o‘rnating. Aks holda kodni Kontaktlar-da # ga o‘zgartirishingiz kerak.
Kirish kodi kiritish katagiga teginib, telefon tizimida ishlatiluvchi tashqi kirish kodini kiriting, keyin OKga tegining.
Sozlamalarni qo‘llash uchun OKni tanlang.
Kirish kodi printerda saqlanadi.