> Muammolarni hal qilish > Printer kutilganidek ishlamayapti > Fakslarni yuborib yoki olib bo‘lmayapti > Olingan fakslarni xotira qurilmasiga saqlab bo‘lmayapti

Olingan fakslarni xotira qurilmasiga saqlab bo‘lmayapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

Tashqi xotiraga fakslarni qabul qilish sozlamasi oʻchirilgan.

Yechimlar

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari-ni tanlang va har bir menyudagi Xotira qurilmasiga saqlash-ni yoqing.

Xotira qurilmasi printerga ulanmagan.

Yechimlar

Ichida fakslarni saqlash uchun jild yaratilgan xotira qurilmasini printerga ulang. Fakslar qurilmaga saqlangach, ular printer xotirasidan o‘chirib tashlanadi.

Qurilmada yetarli bo‘sh joy mavjud emas.

Yechimlar

Bosh joyni koʻpaytirish uchun qurilmadan keraksiz maʼlumotlarni oʻchiring. Yoki yetarli bosh joyga ega boshqa qurilmani ulang.

Xotira qurilmasi yozishdan himoyalangan.

Yechimlar

Qurilma yozishdan himoyalanganligini tekshiring.