Kirishga ruxsat beruvchi guruh yoki foydalanuvchini qo'shish

Siz kirishga ruxsat beruvchi guruh yoki foydalanuvchini qo'shishingiz mumkin.

  1. Jildga o'ng tugmani bosing va Xususiyatlar-ni tanlang.

  2. Xavfsizlik panelini tanlang.

  3. Tahrirlash-ni cherting.

  4. Guruh yoki foydalanuvchi nomlari-ning ostidagi Qo'shish-ni cherting.

  5. O'zingiz kirishga ruxsat bermoqchi bo'lgan guruh yoki foydalanuvchi nomini kiriting va keyin Nomlarni tekshirish-ni cherting.

    Nomga tagiga chiziq qo'shiladi.

    Eslatma:

    Agar siz guruh yoki foydalanuvchining to'liq nomini bilmasangiz, nomning bir qismini kiriting va keyin Nomlarni tekshirish-ni cherting. Nomning bir qismiga mos keluvchi guruh nomlari yoki foydalanuvchi nomlari namoyish qilinadi va keyin ro'yxatdan to'liq nomni tanlashingiz mumkin.

    Agar faqat bittasi mos kelsa, tagiga chizilgan to'lqi nom Tanlash uchun obyekt nomini kiriting-da namoyish qilinadi.

  6. OK tugmasini cherting.

  7. Ruxsat panelida Guruh yoki foydalanuvchi nomlari-da kiritilgan foydalanuvchi nomini tanlang, O'zgartirish-ga kirishga ruxsatni tanlang va keyin OK tugmasini cherting.

  8. Ekranni yopish uchun OK yoki Yopish-ni cherting.

    Foydalanuvchilarning kompyuterlaridan yoki kirish ruxsatiga ega bo'lgan guruhlardan turib faylni baham ko'rilgan jildga o'qish yoki yozish mumkinligini tekshiring.