> Printerga texnik xizmat ko‘rsatish > Printerni tozalash

Printerni tozalash

Agar printerning tashqi koprusi kir yoki chang bo‘lsa, printerni o‘chiring va uni yumshoq, toza va nam latta bilan tozalang. Agar kirlarni ketkaza olmasangiz, yumshoq kir yuvish vositasi bilan namlangan yumshoq, toza va nam latta bilan tozalashni sinab ko‘ring.

Muhim:
  • Suvning printer mexanizmi yoki elektr qismlariga kirib ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling. Aks holda printer shikastlanishi mumkin.

  • Printer korpusini tozalash uchun spirt yoki bo‘yoq erituvchilardan foydalanmang. Bunday kimyoviy moddalar komponentlar va korpusni shikastlashi mumkin.

  • Printer ichidagi oq yassi kabel, yarim shaffof plyonka va siyoh naychalariga tegmang. Bunday qilish printerning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.