Agar LCD ekranda xatolik to‘g‘risida xabar namoyish qilinsa, muammoni hal qilish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga yoki quyidagi yechimlarga amal qiling.
|
Xatolik to‘g‘risidagi xabarlar |
Yechimlar |
|---|---|
|
Printer xatosi. O‘chirib yoqing. Agar muammo takrorlansa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. |
Printerdan har qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Agar baribir xatolik to‘g‘risidagi xabar ko‘rsatilsa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. |
|
Printer xatosi. Tafsilotlari uchun hujjatlarni ko'ring. |
Printer shikastlangan bo‘lishi mumkin. Ta’mirlash uchun Epson support yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling. Ammo skanerlash kabi chop etishga bog‘liq bo‘lmagan xususiyatlardan foydalanish mumkin. |
|
Printer xatosi. Batafsil ma’lumot uchun qo‘llanmalar hujjatini ko‘ring. |
Printer shikastlangan bo‘lishi mumkin. Ta’mirlash uchun Epson support yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling. |
|
XX ichida qog‘oz qolmadi. Qog‘oz soling. Qog‘oz o‘lchami: XX/Qog‘oz turi: XX |
Ko‘rsatilgan qog‘oz manbasiga qog‘ozni joylashtiring va agar siz qog‘oz kassetasi-ga qog‘ozni qo‘ysangiz, uni oxirigacha joylashtiring. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugamoqda. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas. Chop etishni qayta boshlash uchun OK-ga tegining. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugadi. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas. Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin. |
|
Qog‘ozni sozlashni avtomatik ko‘rsatish – O‘chirilgan. Ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Tafsilotlar uchun jihoz hujjatlariga qarang. |
Agar Qog‘ozni sozlashni avtomatik ko‘rsatish o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi. |
|
Raqam terish gudogi aniqlanmadi. |
Bu muammoni hal qilish uchun Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Liniya turi-ni tanlab, keyin PBX-ni tanlash mumkin. Agar telefon tizimingiz tashiq liniyaga chiqish uchun tashqi kirish kodini talab qilsa, PBX-ni tanlagandan keyin tashqi kirish kodini o‘rnating. Tashqi faks raqamini kiritishda haqiqiy kirish kodining o‘rniga # (panjara) belgisidan foydalaning. Bu ulanishni yanada xavsizroq qiladi. Agar xatolik xabari baribir namoyish qilinsa, Gudokni aniqlash parametrlarini o‘chirishga o‘rnating. Biroq bu xusisiyatning o‘chirib qo‘yilishi faks raqamining birinchi belgisining tushirib qoldirilishiga va noto‘g‘ri raqamga faks yuborilishiga olib kelishi mumkin. |
|
Faks ma’lumotlari sig‘imi to‘lgani uchun fakslarni qabul qilib bo‘lmadi. Batafsil ma’lumot uchun bosh ekranning pastida joylashgan Topshiriq/Holat tugmasini bosing. |
Olingan fakslar quyidagi sabablarga ko‘ra chiqarilmasdan to‘planib qolishi mumkin.
|
|
IP manzil kombinatsiyasi va subtarmoq maskasi xato. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hujjatni ko‘ring. |
To‘g‘ri IP-manzil yoki sukut bo‘yicha shlyuzni kiriting. Yordam olish uchun tarmoqni o‘rnatgan odamga murojaat qiling. |
|
Bulut xizmatlarini ishlatish uchun negiz sertifikatni yangilang. |
Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
Printer menyusidagi Xususiyat > Port-dan printer portining to‘g‘ri tanlanganligiga quyidagicha ishonch hosil qiling. USB ulanishi uchun “USBXXX”-ni yoki tarmoq ulanishi uchun “EpsonNet Print Port”-ni tanlang. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun USB port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
|
|
Recovery Mode Update Firmware |
Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi. Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling. 1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.) 2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring. |
* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun mahsulot yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda hoshiyasiz chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.