Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Administrator tomonidan qulflab qo‘yilgan sozlamalarni o‘zgartira olmaysiz.
Solingan qog‘oz o‘lchami va turini ko‘rsatish uchun qog‘oz manbasini tanlang. Qo‘goz o‘lchamini avto-aniqlash yoqilgan bo‘lsa, printer solingan qog‘oz o‘lchamini aniqlaydi.
Printer avval orqa qog‘oz tortmasidagi qog‘ozga chiqarishi uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Letter sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida A4 o‘lchamdagi qog‘oz manbasidan qog‘oz uzatishi yoki A4 sifatida belgilangan qog‘oz manbasi yo‘q bo‘lganida Letter o‘lchamidagi qog‘oz manbasidan uzatishi uchun Yoniq qilib qo‘ying.
Qogʻoz tugagach, qoʻgoz chop etish vazifalari sozlamalarida belgilangan sozlamalar bilan bir xil qogʻoz sozlamalaridagi qogʻoz manbasidan avtomatik uzatiladi. Siz nusxa olish, faks yoki boshqalardagi har bir funksiya uchun qogʻoz manbasini avtomatik tanlashni sozlashingiz mumkin. Hammasini faolsizlantira olmaysiz.
Chop etish vazifalari uchun qogʻoz sozlamalarida muayyan qog‘oz manbasini tanlaganingizda, bu sozlama faolsizlantiriladi. Printer drayveridagi Asosiy sahifasida belgilangan qog‘oz turiga qarab, qog‘oz avtomatik uzatilmasligi ham mumkin.
Printer drayveridan foydalanmasdan, tashqi qurilma orqali chop etganda ushbu parametrlar qo‘llanadi. Siljish sozlamalari printer drayveridan foydalanib chop qilishda qo‘llaniladi.
Qog‘ozning yuqori hoshiyasini sozlang.
Qog‘ozning chap hoshiyasini sozlang.
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa tomoni uchun yuqori hoshiyani sozlang.
2 tomonlama chop etishda qog‘ozning orqa tomoni uchun chap hoshiyani sozlang.
Chop etishdan oldin qog‘oz enini tekshirish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Agar qog‘oz o‘lchami parametri noto‘g‘ri bo‘lsa, bu qog‘ozning chetiga chop qilishning oldini oladi, biroq bu chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Chop qilinayotgan ma’lumotlardagi bo‘sh sahifalarni avtomatik ravishda o‘tkazib yuboradi.
2 tomonli chop etishda muammo yuz bersa yoki xotira to‘lib qolsa, bajariladigan amalni tanlang.
Yoniq
2 tomonli chop etishda xato yuz bersa, ogohlantirish ko‘rsatib, bir tomonli rejimda chiqaradi, xotira to‘lib qolgani xatosi ko‘rsatilsa, printer ishlov bera olgan qismnigina chiqaradi.
Off
Xatolik xabarini ko‘rsatadi va chop etishni bekor qiladi.
Xotira qurilmasi:
Printer qo‘yilgan xotira qurilmasiga kira olishi uchun Yoqish qilib qo‘ying.Agar O'chirib qo'yish tanlansa, axborotlarni printer yordamida xotira qurilmasiga saqlab bo‘lmaydi.Shunda maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yiladi.
Fayl o‘tkazish:
USB orqali yoki tarmoq orqali ulangan kompyuterdagi xotira qurilmasiga yozish huquqini berish yoki bermaslikni tanlang.
Bosmada siyoh chaplanib ketmasligi uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.
Chop etish paytida shovqinni kamaytirish uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Siz tanlagan qog'oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo'lmasligi mumkin.
2 tomonli chop etishda siyohning qurish vaqtini tanlang.Bir tomonni chop etib bo‘lgandan so‘ng printer boshqa tomonni chiqaradi.Bosma chaplanib ketgan bo‘lsa, vaqtni uzaytiring.
Chop etish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun Yoniq qilib qo‘ying; Chop etish kallagi chapga va o‘ngga siljiyotganda chop etadi.Agar bosmadagi vertikal yoki gorizontal chiziqlar xiralashgan yoki notekis ko‘rinsa, bu xususiyatni o‘chirib qo‘yish orqali muammoni yechish mumkin; ammo buning oqibatida chop etish tezligi pasayishi mumkin.