Qarovuchun menyu opsiyalari

Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.

Kallak uchini tekshirish:

Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.

Chop etish kallagini tozalash:

Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.

Siyohni kuchli oqizish:

Siyohni kuchli oqizish yordamchi dasturi siyoh trubkalari ichidagi barcha siyohni almashtirishga imkon beradi.

Kallakni rostlash:
Vertikal tekislash:

Chop qilingan narsalar chaplangan yoki matn hamda chiziqlar tekis bo‘lmasa, shu funksiyani tanlang.

Gorizontal tenglashtirish:

Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.

Siyoh quyish:

Siyoh idishini to‘ldirayotganda, siyoh darajasini 100% ga qayta o‘rnatish uchun shu funksiyani tanlang.

Siyoh darajasini belgilash:

Qolgan haqiqiy siyohga ko‘ra siyoh darajasini o‘rnatish uchun shu xususiyatni tanlang.

Profilaktika qutisining qolgan sig‘imi:

Texnik xizmat qutisining taxminiy ishlash muddatini ko‘rsatadi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi deyarli to‘lgan bo‘ladi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi to‘lgan bo‘ladi.

Rostlagichni tozalash:

Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.