Qo‘goz chaplanayapti yoki ishqalanayapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

Qog‘oz noto‘g‘ri solingan.

Yechimlar

Gorizontal polosalar (chop qilish yo‘nalishiga perpendikulyar) paydo bo‘lganda yoki qog‘ozning yuqori yoki past qismi dog‘langanda qog‘ozni to‘g‘ri yo‘nalishda soling va chekkalar yo‘naltirhichlarini qog‘oz qirralari tomon suring.

Qog‘oz o‘tish dog‘lanib ketgan.

Yechimlar

Vertikal polosalar (chop qilish yo‘nalishiga nisbatan gorizontal) paydo bo‘lganda yoki qog‘oz dog‘langanda qog‘oz yo‘lini tozalang.

Qog‘oz buklanib qolgan.

Yechimlar

Uning qayrilib qolmaganligini tekshirish uchun qog‘ozni tekis yuzaga qo‘ying. Agar u qayrilgan bo‘lsa, uni tekislang.

Chop qilish kallagi qog‘oz yuzasiga ishqalanyapti.

Yechimlar

Qalin qog‘ozga chop etishda chop qilish kallagi chop qilish sirtiga yaqin joylashgan bo‘ladi va qog‘oz ishqalanishi mumkin. Bu holda ishqalanishni kamaytirish sozlamasini yoqing. Agar siz bu parametrni yoqsangiz, chop qilish sifati pasayishi yoki chop qilish sekinlashishi mumkin.

  • Boshqaruv paneli

    Bosh ekranda Sozlamalar > Printer sozlamalari-ni tanlang va keyin Qalin qog‘oz-ni yoqing.

  • Windows

    Printer drayverining Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni cherting va keyin Qalin qog‘oz va konvertlar-ni tanlang.

  • Mac OS

    Apple menyusi > Printerlar va skanerlar ruknidan (yoki Chop etish va skanerlash, Chop etish va fakslash ruknidan) Tizim afzalliklari (yoki Tizim sozlamalari) bandini tanlang va keyin printerni tanlang. Opsiyalar va ta’minotlar > Opsiyalar-ni (yoki Drayver-ni) cherting. On parametri sifatida Thick paper and envelopes-ni tanlang.

Qog‘oz orqa tomoni allaqachon chop etilgan tomoni qurimasdan turib chop etilgan.

Yechimlar

Agar qog‘oz orqa tomoni allaqachon chop qilingan tomoni qurimasdan turib chop qilingan boʻlsa, siyoh printer ichidagi rolikka yopishib qolishi va keyingi chop qilganingizda qogʻozga oʻtishi mumkin. Qo‘lda 2 tomonlama chop qilishda qog‘ozni solishdan avval siyohning to‘liq quriganligiga ishonch hosil qiling.