Printer ichida yot jismlar bo‘lishi mumkin. Ularni olib tashlash uchun quyidagi qadamlarni bajaring.
tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.
Elektr shnurni tokdan uzing va so‘ngra elektr shnurini printerdan uzing.
Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. Aks holda qiyohning qurib qolishiga olib kelgan holda chop qolish kallagi boshlang‘ich holatga qaytmasligi va chop qilish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin.
Printer ichida yot jismlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi nuqtalarni tekshiring.
Yot jismlarni olish tashlash vaqtida quyidagi rasmda ko‘rsatilgan nuqtalarga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘ling, aks holda printer shikastlanishi mumkin.
Agar biror-bir yot jismni topsangiz, uni pintsep bilan olib tashlang.
Agar yot jismlarni olib tashlay olmasangiz, 5-qadanga o‘ting, ularni olib tashlay olsangiz, 9-qadamga o‘ting.
Tashish qulfini qulflangan (transport) holatiga sozlang.
Orqa qog‘oz uzatish moslamasi tashqariga tortilgan holda printerning ol tomonining har ikkala tomonidan ushlang va printerni taxminan 45 daraja orqaga qiyalating.
Printerni qiyalatganda uni tebratib yubormaslik uchun ehtiyot bo‘ling, aks holda siyoh oqib ketishi yoki printer shikastlanishi mumkin.
Printerni astalik bilan gorizontal holatga qaytargandan keyin orqa qog‘oz uzatish moslamasidagi tirqishdan yot jismlarning chiqib ketganligi yoki yo‘qligini tekshiring.
Agar qog‘oz tiqilishi yoki qog‘ozning chiqib ketishi xatosi bartaraf bo‘lmasa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Tashish qulfini qulflanmagan (Chop qilish) holatiga sozlang.
Quvvat shnurini ulang va keyin printerni yoqing.