Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Printer sozlamalari
Printer sozlamalari
Qog'oz manbasi
Qog'oz turi
Qog'oz manbasiga yuklangan qog'oz o'lchami va turini tanlang.Siz qog‘oz o‘lchami va qog‘oz turida Tanlangan qog‘oz parametrlari bandini o‘rnatishingiz mumkin.
Qog'ozni sozlash
Qog‘oz sozlamalari ekranini avtomatik ravishda ko‘rsatish uchun Yoq bandini tanlang, unda qog‘oz qog‘oz manbasiga solingan bo‘lsa Sozlamalar > Printer sozlamalari > Qog'oz manbasi > Qog'oz turi bandiga kiriladi. Agar siz ushbu funksiyani o‘chirib qo‘ysangiz, AirPrint’dan foydalanib iPhone, iPad yoki iPod touch’dan chop qila olmaysiz.
CD/DVD
Yuqoriga, pastga, chapga yoki o‘ngga surib, sozlash uchun CD/DVD’ning chop qilish holatini sozlaydi.
CD Ichki/Tashqi
CD/DVD’ning ichki va tashqi diametrining chop qilish holatini sozlaydi. Tashqi diametr uchun 120 mm gacha va ichki diametr uchun eng kamida 18 mm gacha qiymat belgilanishi mumkin. Sozlamaga bog’liq ravishda CD/DVD yoki CD/DVD tokchasi kirlanishi mumkin. CD/DVD’ingiz chop qilish sohasiga moslash uchun masshtab belgilaydi. Bu yerda o‘rnatilgan chop qilish sohasi xotira kartasidan fotosuratlarni CD/DVD ga chop qilishdagi dastlabki qiymatdir.
Stikerlar
Yuqoriga, pastga, chapga yoki o‘ngga surib, sozlash uchun rasm yorlig‘inining chop qilish holatini sozlaydi.
Qalin qog‘oz
Bosmada siyoh chaplanib ketmasligi uchun Yoniq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.
Sokin rejim
Chop etish paytida shovqinni kamaytirish uchun Yoq qilib qo‘ying, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Siz tanlagan qog'oz turi va chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda printerning shovqin darajasida farq bo'lmasligi mumkin.
Siyohning qurish vaqti
2 tomonli chop etishda siyohning qurish vaqtini tanlang.Bir tomonni chop etib bo‘lgandan so‘ng printer boshqa tomonni chiqaradi.Bosma chaplanib ketgan bo‘lsa, vaqtni uzaytiring.
Ikki tomonlama
Chop etish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun Yoniq qilib qo‘ying; Chop etish kallagi chapga va o‘ngga siljiyotganda chop etadi.Agar bosmadagi vertikal yoki gorizontal chiziqlar xiralashgan yoki notekis ko‘rinsa, bu xususiyatni o‘chirib qo‘yish orqali muammoni yechish mumkin; ammo buning oqibatida chop etish tezligi pasayishi mumkin.
Zichlik
Chop qilish uchun zichlikni sozlaydi.
Barcha soz-ni tozalash
Printer sozlamalari bandi parametrlarni standart qiymatlariga qaytaradi.