ID fotosurat o‘lchamida chop qilish

Xotira qurilmasidagi ma’lumotlardan foydalangan holda, ID rasmlarni chop qilishingiz mumkin. Bir rasmning ikki nusxasi 10×15 sm (4×6 dy.) o‘lchamli foto qog‘ozda 50,8×50,8 mm va 45,0×35,0 mm ikki xil o‘lchamda chop qilinadi.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    Qog‘ozni yuklash

  2. Printerning SD karta uyasiga yoki tashqi interfeys USB portiga xotira qurilmasini qo‘ying.

    Xotira kartasini solish va olib qo‘yish

    Tashqi USB qurilmasini solish va chiqarib olish

  3. Boshqaruv panelidagi Fotolarni chop qilish bandini tanlang.

  4. Kollaj > Foto ID chop qilishni tanlang.

  5. Rasmlarni yuklash yakunlangani haqidagi xabar ko‘rsatilgandan so‘ng OK tugmasini tanlang.

  6. -ni tanlang.

  7. Rasmni tanlash ekranida chop qilmoqchi bo‘lgan rasmni tanlang va so‘ngra Tayyor ni tanlang.

    Zarur bo‘lgan hollarda fotosuratlarni tahrirlash uchun Bitta ni tanlang va keyin ni tanlang.

    Rasmlarni tahrirlash uchun menyu parametrlari

  8. Keyingisi-ni tanlang.

  9. Asosiy sozlamalar panelida parametrlarni kiriting va keyin nusxalar sonini belgilang.

    Qog‘oz va chop qilish sozlamalari uchun menyu parametrlari

  10. Qo‘shimcha sozlamalar bandini tanlang va so‘ngra zaruriy sozlamalarni o‘zgartiring.

  11. Asosiy sozlamalar panelini tanlang va keyin ga teging.