Bosh ekranni sozlash

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisining taxminiy xizmat qilish muddatini tekshirishingiz mumkin.

Tarmoq ulanishi holatini ko‘rsatadi. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang.

Tarmoq belgisi bo‘yicha yo‘riqnoma

Printerda Sokin rejim qo‘yilganini ko‘rsatadi. Bu xususiyat yoqilsa, printer ishlashidagi shovqin kamayadi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. Ammo tanlangan qog‘oz turi va bosma sifatiga bog‘liq ravishda shovqin kamaymasligi mumkin. Sozlamani o‘zgartirish uchun tegining. Shuningdek, ushbu sozlashni Sozlamalar menuysida bajarishingiz mumkin.

Sozlamalar > Printer sozlamalari > Sokin rejim

Yordam ekranini ko‘rsatadi. Ishlatish ko‘rsatmalari yoki muammolarning yechimlarini ko‘zdan kechirishingiz mumkin.

Har bir menyuni namoyish qiladi.

  • Nusxalash

    Hujjatlar va fotosuratlardan nusxa ko‘chirishga imkon beradi.

  • Fotolarni chop qilish

    Xotira kartasi yoki USB flesh kartasi kabi xotira qurilmalarida fotosuratlarni chop qilishga imkon beradi.

  • Skaner

    Hujjatlar va fotosuratlarni skanerlash va ularni kompyuter yoki xotira qurilmasiga saqlashga imkon beradi.

  • Turli bosmalar

    Turli nusxalar ko‘chirish va bezak qog‘oz yoki urli tuman asl elementlarni chop qilishga imkon beradi.

  • Sozlamalar

    Texnik xizmat ko‘rsatish, printerni o‘rnatish va ishlarni bajarish bilan bog‘liq sozlamalarni amalga oshirishga imkon beradi.

  • Qarov

    Chop qilingan materiallar sifatini yaxshilash, jumladan uchlikni tekshirish namunasini chop qilish va kallakni tozalashni bajarish orqali tiqilib qolgan uchliklarni tozalash va chop qilish kallagini tenglashtirish orqali chop qilingan materiallarning chaplanishi yoki polosalarni yo‘qotish uchun tavsiya qilingan menyularni ko‘rsatadi.

  • Smartfon ulandi

    Printerni smart qurilmangiz yoki planshetingizga ulash uchun menyuni ko‘rsatadi.

Ekranni o‘ngga siljitadi.

Chiqarish lotogi qo‘yiladi.