Siz IP-standartlar orqali DPS’da ishlaydigan raqamli kameralardan simsiz tarzda rasmlarni chop qilishingiz mumkin (bundan keyingi o‘rinlarda PictBridge (simsiz LAN) deb yuriiladi).
Bosh ekranda printerning simsiz tarmoqqa ulanganligini ko‘rsatuvchi piktogramma yoniq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Printerga qog‘oz soling.
Boshqaruv panelidagi Sozlamalar > Kamera chop etish sozlamalari bandini tanlang.
Chop etish sozlamalari yoki Suratni rostlash bandini tanlang va zarurat bo‘lsa, sozlamalarni o‘zgartiring.
Raqamli kamerani printer bilan ayni tarmoqqa ulang.
Raqamli kamerada ulanishi mumkin bo‘lgan printerlar ro‘yxatini chiqaring va so‘ngra o‘zingiz ulanmoqchi bo‘lgan printerni tanlang.
Printer nomini tekshirish uchun, bosh ekrandagi tarmoq holati piktogrammasiga tegining.
Agar raqamli kamerangizda printerlarni ro‘yxatga olish imkonini beruvchi funksiyasi bo‘lsa, keyingi safar u printerni tanlab ham ulanishingiz mumkin.
Raqamli kameradan chop qilishni xohlagan rasmlaringizni tanlang, necha nusxada bo‘lishi kerakligi kabi sozlamalarni qilib, chop qilishni boshlang.
Printerga kameradan ulangan PictBridge (simsiz LAN) ulanishni uzing.
PictBridge (simsiz LAN) ulanishidan foydalanganda, printerning boshqa funksiyalaridan foydalana olmaysiz yoki boshqa uskunalardan chop qila olmaysiz. Chop qilishni yakunlashingiz zahoti uzing.