
Ishlashi dasturga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun dastur yordamiga qarang.
Printerga qog‘oz soling.
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.
Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.
Printerni tanlang.
Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

Zarur bo‘lgan hollarda sozlamalarni o‘zgartiring.
Elementlarni o‘rnatish tushuntirishlarini olish uchun onlayn yordamga qarashingiz mumkin. Elementga o‘ng tugmani bosish Yordam-ni namoyish qiladi.
Printer drayveri oynasini yopish uchun OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.