> Printerga texnik xizmat ko‘rsatish > Chop qilish, nusxalash va skanerlash sifatini yaxshilash > Siyoh dog‘lari uchun qog‘oz yo‘lini tozalash (Chop qilish natijasining yuzasi vertikal tarzda kir bo‘lganida)

Siyoh dog‘lari uchun qog‘oz yo‘lini tozalash (Chop qilish natijasining yuzasi vertikal tarzda kir bo‘lganida)

Chop qilingan qog‘ozlar chaplangan yoki tirnalgan joylarga ega bo‘lganda printer ichidagi rolikni tozalang.

4-qadamdan boshlab prosedurani bajarish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi.

  • ingichki tayoqcha

  • yaxshilab siqilgan doka yoki mato

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.

  2. Rostlagichni tozalash-ni tanlang.

  3. Qogʻoz o‘tish yo‘lini tozalash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

    Yuqoridagi jarayonni qog‘oz siyoh bilan kirlanmaydigan bo‘lgunicha davom ettiring. Hattoki bir nechta marta tozalagandan keyin ham qog‘oz baribir siyoh bilan kirlansa, keyingi qadamga o‘ting.

  4. Yaxshilab siqilgan doka yoki matoni incgichka tayoqqa o‘rang.

  5. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  6. Elektr shnurni tokdan uzing va so‘ngra uni printerdan uzing.

  7. Chiqqan hujjat tortmasini tashqariga suring.

  8. O‘zingiz 4-qadamda tayyorlagan tayoqchadan aylantirish orqali ikkita oq rolikni artish uchun foydalaning.

    Muhim:

    Printer ichini tozalash uchun salfetka qog‘ozdan foydalanmang. Chop qilish golovkasi soplolariga titilgan iplar tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.

  9. Elektr shnurini ulang.