
CD/DVD yorliqqa chop qilish uchun xotira qurilmasida saqlangan rasmlarni tanlashingiz mumkin.
CD/DVD ga chop qilishdan avval CD/DVD bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralariga qarang.
Printer ishlayotgan holda CD/DVD lotogini kiritmang. Bu printerni shikastlashi mumkin.
Printerning SD karta uyasiga yoki tashqi interfeys USB portiga xotira qurilmasini qo‘ying.
Boshqaruv panelidagi Turli bosmalar bandini tanlang.
CD/DVD ga nusxalash > CD/DVD ustiga chop etishni tanlang.
Joylashuvni tanlang.
CD/DVD 1 ta, CD/DVD 4 ta va CD/DVD turfaligi qurilmalaridan foydalanish mumkin.
Tashqi va ichki diametrlarni o‘zgartirganingizda ekranning yuqori o‘ng qismidagi
ni tanlang va keyin CD Ichki/Tashqi ni tanlang.
bandlardan foydalangan holda tashqi va ichki diametrlarni o‘rnating va so‘ngra OK tugmasini tanlang. Shuningdek, hoshiyadagi qiymatni bosgan va bunda ekrandagi tugmachaladan foydalangan holda diametrni o‘rnatishingiz mumkin.
Tashqi diametr uchun 114 mm dan 120 mm gacha va ichki diametr uchun 18 mm dan 46 mm gacha bo‘lgan qiymatni 1 mm orttirishlar bilan belgilashingiz mumkin.
Disk yorlig‘i chop qilinganidan keyin siz o‘rnatgan ichki va tashqi diametr sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklanadi. Sukut bo‘yicha qiymatlarni Sozlamalar > Printer sozlamalari > CD Ichki/Tashqi-da o‘zgartirishingiz mumkin.
Rasmlarni yuklash yakunlangani haqidagi xabar ko‘rsatilgandan so‘ng OK tugmasini tanlang.
Quyidagilardan birini bajaring.
-ni tanlang, fotosuratni tanlang va keyin Tayyor ni bosing. Keyingisi tugmasini tanlang va so‘ngra 9-bosqichga o‘ting.
ni tanlang, rasmni tanlash ekranida chop qilmoqchi bo‘lgan rasmni tanlang va so‘ngra Tayyor ni tanlang.
Zarur bo‘lgan hollarda fotosuratlarni tahrirlash uchun Bitta ni tanlang va keyin
ni tanlang.
Barcha rasmlar joylashguniga qadar 7-qadamni takrorlang va so‘ngra Keyingisi bandiga tegining.
CD/DVD panelidagi Asosiy sozlamalar-ni tanlang.
Qog‘oz va chop qilish sozlamalari uchun menyu parametrlari
Chop qilishni tekshirib olish uchun sinab ko‘rish sifatida bandini tanlang va oddiy A4 formatdagi qog‘ozni 2-qog‘oz kassetasi qurilmasiga soling. CD/DVD yorliqqa chop qilishdan avval tasvirni chop qilib, tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
Yo'l-yo'riq ni tanlang va ko‘rsatmalarga amal qilgan holda CD/DVD diskni soling.
CD/DVD ni CD/DVD lotogiga chop qilinadigan tomonini yuqoriga qilgan holda soling. CD/DVD tokchasiga avaylab qo‘yish uchun CD/DVD’ning markazini bosing. Aks holda, CD/DVD tokchasidan tushib ketishi mumkin. CD/DVD tokchaga mustahkam o‘rnashganini tekshirish uchun u tokchani aylantirib ko‘ring.

Tokchani printerga solayotganingizda ozroq tebranish sezishingiz mumkin. Bu odatiy hol va siz uni gorizontal tarzda qo‘yishda davom etishingiz zarur.
Qo‘shimcha sozlamalar bandini tanlang va so‘ngra zaruriy sozlamalarni o‘zgartiring.
Asosiy sozlamalar panelini tanlang va keyin
ga teging.
Chop etish yakunlangandan so‘ng, CD/DVD lotogi tashqariga chiqadi. Tokchani printerdan chiqarib oling va so‘ngra Chop etish tugallandi tugmasini tanlang.
Chop qilish yakunlangandan so‘ng, CD/DVD tokchasini chiqarganingizga ishonch hosil qiling. Agar tokchani chiqarmasangiz va printerni o‘chirsangiz yoki-yoqsangiz yoki kallakni tozlashga buyruq bersangiz, CD/DVD tokcha chop qilish kallagi bilan to‘qnashishi va printerning buzilishiga olib kelishi mumkin.
CD/DVD’ni chiqarib oling va CD/DVD tokchasini 2-qog‘oz kassetasi tagiga qo‘ying.